11:49 / 25.07.2015
4951

“O‘ztransgaz”: O‘zbekistonda gazlashtirish 90 foizga yetgan

Bugungi kunda O‘zbekistonda gazlashtirish darajasi 90 foizga yetgan. Bu haqda “O‘ztransgaz” AK matbuot xizmati darak bermoqda.
Bundan tashqari, barcha hududlarda 13 605 834ta uy-joy, 80 912ta ulgurji iste'molchi, ya'ni 4 964ta sanoat korxonasi, 17 833ta maishiy va ijtimoiy obekt hamda 58 115ta yakka tartibdagi tadbirkorga gaz yetkazib berilmoqda.
Bundan tashqari, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik doirasida aholi tarqoq istiqomat qiladigan, tabiiy gaz yetib borishi qiyin bo‘lgan tog‘li va chekka qishloq hududlariga suyultirigan gaz yetkazib berishda ham uzluksiz ta'minot darajasiga erishilayotgani aytilmoqda.
Joriy yilning yakuniga borib reja bo‘yicha 2 348 393 xonadonga suyultirilgan gaz yetkazib berish rejalashtirilgan.

 

Top