15:35 / 25.07.2015
3180

2015 yil boshidan buyon bezorilar 10ta holatda poyezdlarning derazalarini tosh bilan sindirishgan

2014 yilda O‘zbekiston hududi bo‘ylab temir yo‘l yoqalarida o‘tayotgan poyezdlarga tosh va boshqa qattiq jismlar uloqtirish orqali 15 marta poyezdlarning derazalari sindirilgani qayd etilgan. Shunday holatlarning 4tasida "Afrosiyob" poyezdlari jabrlangan.

Ma'lum qilinishicha, o‘tgan yilda Toshkent viloyati hududida 6 marta, Sirdaryo viloyati hududida 4 marta, Samarqand viloyatida 3 marta, Buxoro va Farg‘ona viloyatlarida bir martadan shunday holat yuz berishi kuzatilgan.

Joriy yilning birinchi yarmida esa, bunday holatlar o‘tgan yildagiga nisbatan ortgan. Ya'ni hozirgacha 10 marta (bir holatda "Afrosiyob" poyezdi bilan) bezorilar poyezd yo‘lovchilarining hayotiga tahdid qilgan holda poyezdlarga tosh otib, davlat mulkiga zarar yetkazishgan.

Joriy yilda "Afrosiyob" poyezdiga tosh otish orqali, poyezd derazasini sindirgan 18 yoshli yigit qo‘lga olingan va sud qilinib, unga 4 mln so‘m miqdoridagi jarima jazosi belgilangan.

Shuningdek, qayd etilgan holatlarning barchasida aybdorlar aniqlanib, ularga nisbatan tegishli tartibda jazo choralari qo‘llanilgan.

Top