18:58 / 25.07.2015
2322

Albaniyalik xakerlar Jokovichning “Instagram”ni buzishdi

Albaniyalik xakerlar jahonning birinchi raketkasi Novak Jokovichning “Instagram”dagi profilini buzib kirishgan. Uning sahifasida alban ramzi bor surat paydo bo‘lgan.

“La Gazetta dello Sport” nashrining ma'lum qilishicha, Jokovichning sahifasiga uyushtirilgan xakkerlik hujumini “The2Ateam” guruhi bo‘yniga olgan. 2011 yili albaniyalik xakerlar serb tennischisiga qarashli restoran saytini buzishgandi.

Top