01:50 / 25.07.2015
2260

Anthem kompaniyasi Cigna’ni sotib olgandan keyin AQShning eng yirik sug‘urtachisiga aylanadi

Tibbiy sug‘urtalashga ixtisolashgan Anthem kompaniyasi o‘zining AQSh sug‘urta bozoridagi eng asosi raqiblaridan biri Cigna kompaniyasini 54,2 mlrd dollarga sotib olmoqda, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.

Kompaniyalarning birlashishi Anthem’ni AQSh tibbiy sug‘urtalash sohasidagi eng yirik kompaniyaga aylantiradi.

Cigna aksiyadorlari bitta aksiya uchun 103,4 dollar naql pul va Anthem kompaniyasining 0,5151 aksiyasini oladilar.

Agentlikning ta'kidlashicha, ikkita eng yirik tibbiy sug‘urtalovchilarning birlashishi yana bitta sug‘urtalovchi Aetna Inc. kompaniyasi boshqa bir sug‘urtalash kompaniyasi – Humana’ni 37 mlrd dollarga sotib olgandan keyin uch hafta o‘tib amalga oshirildi. Tibbiy sug‘urtalashga ixtisoslashgan sug‘urtalash kompaniyalarining birlashishi AQSh prezidenti ma'muriyati tomonidan sog‘liqni saqlash tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida yuz bermoqda.

Top