23:25 / 25.07.2015
4899

AQSh josuslik tarmog‘ining fosh bo‘layotganini tan oldi

AQSh maxsus xizmatlari agentlarining fosh bo‘lib borayotgani josuslarning xorijda kelajakda ishlashiga sezilarli zarar keltirishi mumkin. Bu haqda sobiq razvedka xodimlari The New York Times gazetasiga aytib berdi.
Iyul oyi oxirida AQSh ma'muriyati personal bo‘yicha boshqarma xakerlar 21.5 mln amerikalik davlat xizmatchilari va oddiy fuqarolarining ma'lumotlarini o‘g‘irlaganini aytdi. Bu odamlar haqidagi ma'lumotlar ikkita xakerlar guruhi tomonidan alohida kiberhujumlar davomida olib qo‘yilgan. AQSh bunda xitoylik xakerlarni ayblamoqda.
Ma'lumotlar AQSh ichki ishlar vazirligi axborot markazida saqlanar edi, u ayni paytda barcha federal agentliklarning servis markazi hisoblanadi.
Idora o‘zining axborot tizimlariga nisbatan hujumlar uyushtirilayotganini aprel oyidayoq sezgan edi. May oyida esa milliy xavfsizlik vazirligi ma'lumotlar kibertahdidga uchragani aytdi.
Shu bilan birga, AQSh prezidenti ma'muriyati xitoylik xakerlar o‘z maqsadlariga erisha olmagani va amerikalik razvedkachilar haqida ma'lumot ololmaganini e'tirof etmoqda. Ma'muriyat vakilining aytishicha, MRB xodimlari haqidagi ma'lumotlar hech qachon ushbu servis markazida joylashtirilmagan edi.

Top