08:56 / 25.07.2015
1969

Denni Uelbek mavsum startini o‘tkazib yuborishi mumkin

"Arsenal" hujumchisi Denni Uelbek tizzasidan olgan jarohatini davolatishni davom ettirmoqda.

The Guardian nashrining xabar qilinishicha, hujumchi mavsum boshida maydonga tusha olmasligi mumkin. Eslatib o‘tamiz, Uelbek jarohati tufayli o‘tgan mavsumning so‘nggi qismini ham o‘tkazib yuborgan. U aprel oyidan buyon maydonga tusha olmayapti.

Biroz oldinroq, jamoaning asosiy futbolchilaridan biri Aleksis Sanchesga Chili terma jamoasi safida Kopa Amerikadagi ishtiroki tufayli dam berilgani va u mavsum startida "Arsenal"ga yordam bera olmasligi ma'lum bo‘lgandi.

Ma'lumot uchun, o‘tgan mavsum arafasida "MYu"dan transfer qilingan Uelbek "Arsenal" bilan APLning 24 o‘yinida qatnashdi va 4ta gol urib, 6ta golli pas uzatdi.

Top