10:05 / 25.07.2015
10970

Facebook’da o‘zbek foydalanuvchilari pornovirus "qurbon"iga aylanmoqda

Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi o‘zbek foydalanuvchilari orasida pornografik mazmundagi virus tarqalmoqda.

Uz24.uz bergan ma'lumotlarga ko‘ra, “Voditeli Tashkenta”, “Potrebitel.Uz” va shu kabi boshqa guruhlarda tarmoqdagi ko‘plab akkauntlarni buzishga ulgurgan virus paydo bo‘ldi. U foydalanuvchi havola bo‘yicha o‘tganda yoki unga “Like” bosganda ishga tushadi. Natijada virus foydalanuvchini ogohlantirmasdan uning akkaunti nomidan tarmoqdagi guruhlarda ushbu maqolani chop eta boshlaydi.

Guruh administratorlari foydalanuvchilarni ushbu virusli rolikni ochmaslikka chaqirmoqda. Bu ogohlantirishlarga qaramay, foydalanuvchilar video manzili bo‘yicha o‘tmoqda hamda uni yanada ommaviy tarzda tarqalishiga ko‘maklashmoqda. Bir necha administratorlarning so‘zlariga qaraganda, ular ijtimoiy tarmoq moderatorlariga shikoyat bilan murojaat qilgan hamda ular videoni bloklashni boshlagan. 

Top