22:22 / 25.07.2015
3369

JCh-2018 saralash bosqichiga qur'a tashlash: Afrika

Sankt-Peterburgda JCh-2018 saralash bosqichiga qur'a tashlash marosimi o‘tkazildi. Saralash bosqichida shartnoma shartlarini bajarmaganligi uchun musobaqadan chetlatilgan Zimbabvedan tashqari KAFga a'zo 53 jamoa ishtirok etishi huquqiga ega.

Saralash o‘yinlarining asosiy bosqichida 5ta guruhga bo‘ligan 20ta jamoa qatnashadi. Guruhda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan terma jamoalar JCh-2018’ning final bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritadi. Bunga qadar ikki raunddan iborat “uy-mehmon” sistemasidagi o‘yinlar o‘tkaziladi.

Janubiy Sudan/Mavritaniya — Tunis
Gambiya/Namibiya — Gvineya
Chad/Serra-Leone — Misr
San-Tome va Prinsipi/Efiopiya — Kongo
Jibuti/Svazilend — Nigeriya
Eritreya/Botsvana — Mali
Somali/Niger — Kamerun
Komors orollari/Lesoto — Gana
Liberiya/Gvineya-Bisau — Kot-d'Ivuar


Mavrikiy/Keniya — Kabo-Verde
Tanzaniya/Malavi — Jazoir
Seyshel orollari/Burundi — Kongo DR
Markazi Afrika Respublikasi/Madagaskar — Senegal
Sudan — Zambiya
Liviya — Ruanda
Marokko — Ekvatorial Gvineya
Mozambik — Gabon
Benin — Burkina-Faso
Togo — Uganda
Angola — YuAR

Ma'lumot uchun, 2018 yilgi jahon chempionati 14 iyundan 15 iyulga qadar Moskva, Sankt-Peterburg, Qozon, Nijniy Novgorod, Saransk, Volgograd, Samara, Kaliningrad, Yekaterinburg, Sochi hamda Rostov-na-Donuda bo‘lib o‘tadi. 

Top