22:39 / 25.07.2015
2893

JCh-2018 saralash bosqichiga qur'a tashlash: KONKAKAF

Sankt-Peterburgda KONKAKAF JCh-2018 saralash bosqichiga qur'a tashlash:vakillari o‘rtasida JCh-2018 saralash bosqichining 3 hamda 4-raundiga qur'a tashlash marosimi o‘tkazildi. 3-davomida guruh bosqichidagi 6ta jamoaga qo‘shiladigan 6ta jamoa aniqlanadi. Ushbu guruhlarda 1-o‘rinni qo‘lga kiritgan jamoalar 5-raundga yo‘l oladi.

So‘nggi raundda 6 jamoa o‘rtasida 2 davradan iborat musobaqa o‘tkaziladi. Eng yaxshi 3ta jamoa JCh-2018’ga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘l oladi. 4-o‘rinni qo‘lga kiritgan jamoa final bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritish uchun Osiyo vakili bilan kuch sinashadi.

A guruhi: Meksika, Gonduras, Kyurasao/Salvador, Kanada/Beliz;
V guruhi: Kosta-Rika, Panama, Grenada/Gaiti, Yamayka/Nikaragua;
S guruhi:  AQSh, Trinidad i Tobago, Sent-Vinsent va Grenadina/Aruba, Antigua va Barbuda/Gvatemala.

Ma'lumot uchun, 2018 yilgi jahon chempionati 14 iyundan 15 iyulga qadar Moskva, Sankt-Peterburg, Qozon, Nijniy Novgorod, Saransk, Volgograd, Samara, Kaliningrad, Yekaterinburg, Sochi hamda Rostov-na-Donuda bo‘lib o‘tadi. 

Top