07:11 / 25.07.2015
4801

Joriy yilning 6 oyida Xorazmda 36 mingdan ko‘proq Damas va 3 mingga yaqin Orlando avtomobillari ishlab chiqarildi

Xorazm viloyatida joriy yilning dastlabki 6 oyi davomida boshqa qo‘shimcha loyihalar bilan bir qatorda umumiy qiymati 271 mln dollarni tashkil qiluvchi 274 ta loyiha amalga oshirildi. Bu dastur doirasida ayni paytda 36 mingdan ko‘proq “Damas”, 3 mingga yaqin “Orlando” avtomobillari, 119 ta ekskavator va 54 ta buldozer ishlab chiqarilgan. Shuningdek, maishiy gaz ballonlari, muzlatgichlar, metall armatura, sport jihozlari, kir yuvish kukuni, katta quvvatga ega apparatlar ishlab chiqarish jaryoni o‘zlashtirildi

Hisobot davri davomida viloyatdagi yalpi hududiy mahsulot o‘sishi 11,1 foizni tashkil etdi, sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 30,8 foizga, qishloq xo‘jaligi o‘simliklari yetishtirish 6,2 foizga, qurilish-montaj ishlari 3,9 foizga oshdi.
Turli mahsulotlarni ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish va xizmatlar ko‘rsatish sohasini rivojlantirish natijasida iste'mol mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 40,2 foizga, mahalliylashtirilgan mahsulot – 2,5, chakana savdo aylanmasi – 14,5, xizmat ko‘rsatish hajmi 12,4 foizga oshdi.
Xorazm viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan 767 ta loyiha o‘rniga 932 ta loyiha amalga oshirildi, 251 mlrd so‘m miqdorida sarmoya kiritildi va 5 mingta yangi ish o‘rinlari yaratildi.
Viloyatda turizm sohasida 45,3 mln dollarlik 99 ta loyiha amalga oshirildi. Viloyatdagi korxonalar tomonidan 19 mln dollarlik mahsulot eksport qilindi.

Top