21:02 / 25.07.2015
2686

Noma'lum shaxslar Istanbulda politsiyachilarni o‘qqa tutdi

Istanbulda noma'lum shaxslar bilan yuz bergan otishma oqibatida 2 nafar politsiyachi yaralandi, deb xabar bermoqda HaberTurk nashri.

Otishma Oqmaydon tumanida yuz berdi. Noma'lum jinoyatchilar Jamol Kamojiy nomidagi sport majmuasi yonida navbatchilik qilayotgan politsiyalarni o‘qqa tutgan.

Politsiyachilar shifoxonaga yetkazildi. Ayni damda bosqinchilar qidirilmoqda.

Top