09:48 / 25.07.2015
7196

O‘zbekiston hududida 3,2 balli zilzila qayd etildi

25 iyul kuni mahalliy vaqt bilan soat 03:15da O‘zbekiston hududida zilzila qayd etildi.

"Toshkent" seysmologiya markazi bergan xabarga ko‘ra, zilzila markazi Toshkent shahridan 70 km masofada, Olmaliq tumani hududida bo‘lgan va zilzila kuchi 3,2 ballga teng bo‘lgan.

Hozircha hodisa talofatlari haqida ma'lumotlar berilmagan.

Top