Qozog‘istonning Olma-Ota viloyatida yengil avtomobil hamda yuk mashinasining to‘qnashib ketishi natijasida 9 nafar odam halok bo‘ldi, deb xabar bermoqda TASS.
Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, 9 nafar yo‘lovchini olib ketayotgan Mitsubishi Lancer avtomobili qarama-qarshi yo‘lga chiqib, FAW yuk mashinasi bilan to‘qnashib ketadi.
Haydovchi va 8 nafar yo‘lovchi voqea joyida halok bo‘lgan.
Bundan tashqari, Mitsubishi Lancer’ning bir nafar yo‘lovchisi hamda yuk mashinasining haydovchisi va yo‘lovchisi turli xildagi jarohatlar bilan shifoxonaga joylashtirilgan.