11:00 / 25.07.2015
5472

Samarqand-Buxoro temir yo‘l uchastkasini elektrlashtirish ishlari boshlab yuborildi

291 kilometrlik Samarqand-Buxoro temir yo‘l uchastkasini elektrlashtirish ishlari olib borilmoqda. Bu yo‘lda 4 navbatchilik punkti va 3 kichik elektr stansiyasi qurilishi rejalashtirilgan. Bu haqda Milliy matbuot markazida bo‘lib o‘tgan “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyatining joriy yil birinchi yarmida ijtimoiy-iqtisodiy faoliyati yakunlari va kelgusida amalga oshirilishi ko‘zda tutilayotgan loyihalariga bag‘ishlangan matbuot anjumanida aytildi.

Qayd etilishicha, 400 mln dollarlik ushbu loyiha bo‘yicha ishlar 2016 yilda tugallanadi.

Kelgusida "Samarqand-Buxoro" yo‘nalishida Ispaniyaning Patentes Talgo, S.L kompaniyasi tomonidan yaratilgan tezkor poyezdlar yo‘lga qo‘yilishi rejalashtirilgan.

Top