15:52 / 25.07.2015
3384

Syorfingchi Jyeymi O’Brayan to‘lqin ustida o‘zini yondirgan holda tryuk bajardi

YouTube portaliga amerikalik 32 yoshli professional syorfingchi Jyeymi O’Brayan tomonidan ijro etilgan noodatiy tryuk tasvirlangan videolavha joylashtirildi.

Lavha orqali syorfingchi o‘z yelkasida olov yonib turgan holda to‘lqin ichida harakatlanayotganini ko‘rish mumkin.

Ma'lum qilinishicha, unga bu g‘oyani Instagramdagi obunachilaridan biri taklif qilgan. Mazkur jarayonni sportchining hayoti xavfsizligini ta'minlash maqsadida qutqaruvchilar va shifokorlar nazorat qilib turishgan.

"Bugun hayotimdagi eng yaxshi to‘lqinni ushladim. Bu orzu to‘lqini edi, men esa alanga ichida edim. Bu hayotimdagi eng katta adrenalin bo‘ldi", deb o‘z taassurotlarini bildiradi Jyeymi.

 

Top