17:22 / 25.07.2015
2284

Turkiya bosh vaziri aksilterror operatsiyalar tahdidlarning to‘la bartaraf etilguniga qadar davom etishiga va'da berdi

Turkiya bosh vaziri Ahmed Dovudo‘g‘lu mamlakatda tinchlikni ta'minlash maqsadida olib borilayotgan aksilterror amaliyotlari mavjud tahdidlar to‘la bartaraf etilmaguniga qadar davom etishini ma'lum qildi.

Ayni vaqtda rasmiy Anqara Suriya bilan chegara hududiga IShID va Shimoliy Iroqdagi Kurdiston ishchilar partiyasining harbiy bazalariga aviazarba berishi uchun harbiy samolyotlarini yuborgan.

"Bu operatsiyalar jangarilarning bazalarini bombardimon qilish bilan cheklanib qolmaydi. Turkiyaga qarshi tahdid mavjud ekan, harbiy harakatlar davom ettiriladi", deb ma'lum qildi bosh vazir.

Biroz oldinroq, kurdlar tashkiloti turklar bilan tinchlik sulhi Turkiya Harbiy-havo kuchlari tomonidan Shimoliy Iroqdagi bazarlariga hujum uyushtirilganidan keyin barham topgani haqida ma'lum qilgandi.

Top