19:11 / 25.07.2015
2741

Xitoyda 15 yillik taqiqdan so‘ng o‘yin konsollarini sotishga ruxsat berildi

Xitoy hukumati 15 yil oldin konsollarni sotish va uni ishlab chiqarishga qo‘ygan taqiqni bekor qildi. Bu qaror mahalliy hamda xorijiy kompaniyalar tegishli bo‘lib, bu Microsoft, Sony va Nintendo kompaniyalari ham o‘z konsollarini Xitoy bozorida sotishga imkon yaratadi.

Newzoo BV analitik kompaniyasi taxminlariga ko‘ra, Xitoy bozorida konsollar sotuvi 22,2 mlrd dollarni tashkil qiladi. Bu 2014 yildagi natijadan 23 foiz ko‘proq.

Ma'lumot uchun, 2000 yilda Xitoy yosh avlodga yomon ta'sir qiladi, deya baholab konsollar sotish va uni ishlab chiqarishni taqiqlab qo‘ygan edi.

Xorijiy kompaniyalar faqatgina Shanxayda faoliyat olib borishlari mumkin edi. 

Top