14:40 / 26.07.2015
3343

2015 yilning birinchi yarmida O‘zbekistonda shakar ishlab chiqarish hajmi 1,5 barobar o‘sgan

Davlat statistik qo‘mitasi hisobotida keltirilishicha, oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishni oshirish va assortimentini kengaytirish bo‘yicha amalga oshirilgan choralar oziq-ovqat sanoati ishlab chiqarishining barqaror o‘sishiga olib kelib, joriy yilning 1-yarim yilligida 6497,1 mlrd. so‘mlik mahsulot ishlab chiqarilgan. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 116,9 foizga o‘sishni ko‘rsatadi. Respublika sanoatida tarmoqning ulushi – 15,9 foizni tashkil etdi.

Tarmoqdagi yirik sanoat korxonalari tomonidan iste'mol mollarining quyidagi turlari bo‘yicha ishlab chiqarish ko‘rsatkichlari o‘sgan: go‘sht konservalari – 3,2 martaga, go‘sht va o‘simlik konservalari – 1,6 martaga, shakar – 1,5 martaga, uzoq saqlanmaydigan non mahsulotlari – 21,2 foizga, sariyog‘ – 17,7 foizga, ishlov berilgan suyuq sut – 16,1 foizga, choy – 16,0 foizga, non (birinchi navli undan tayyorlangan bug‘doy noni) – 11,6 foizga.

Shuningdek, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan uzum vinosi yoki uzum turpini distillyatsiyalash natijasida olingan spirt nastoykalari ishlab chiqarishi 14,0 foizga, mineral suvlar (tabiiy, shirinlik qo‘shilmagan) ishlab chiqarish 1,4 martaga, choy ichimliklari ishlab chiqarish 1,4 martaga, pivo ishlab chiqarish 5,4 foizga oshdi.

Top