23:22 / 26.07.2015
7646

Denovda yana bir guruh valyutafurushlar qo‘lga olindi

SVOJJDLQK departamenti tomonidan noqonuniy valyuta savdosi bilan shug‘ullanuvchi shaxslarga qarshi tadbirlar amalga oshirilishi davom etmoqda. Bu haqda departamentning Denov tuman bo‘limi boshlig‘i T. Mamathakimov ma'lumot bermoqda.
Jumladan, yaqinda tuman bozorida o‘tkazilgan tezkor tadbirda Sherqo‘zi Qo‘ng‘irboyev va Boymat Gazarboyevlar birgalikda valyuta qimmatliklarini olish va sotish bilan shug‘ullanib kelayotgani aniqlandi. Ulardan 9.795 mln so‘m, 2 387 dollar va 47 900 rubl olib qo‘yildi.
Ularga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atildi.

Top