09:14 / 26.07.2015
6196

Eron TIV: Turkiya "IShID"ga qarshi kurashni boshqa davlatlarning suverenitetini buzmasdan olib borishi kerak

Eron hukumati Turkiya tomonini "IShID" jangarilariga qarshi boshlagan kurashini boshqa davlatlarning suverenitetini hurmat qilgan holda olib borishga chaqirdi. Bu haqda Channel News Asia xabar bergan.

"Terrorchilikka qarshi har qanday kurash xalqaro huquq qoidalari va davlatlarning suverentitetlarini hisobga olgan holda olib borilishi kerak", deb bayonot beradi Eron tashqi ishlar vaziri Marziyo Afham.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bunga amal qilinmasa, milliy hukumatlarning zaiflashuvi orqali terrorchilar bu hududlarda yanada faollashishda davom etadi.

Top