01:07 / 26.07.2015
3017

Jay-Z va Uill Smit mini-serial suratga olmoqchilar

AQShlik mashhur aktyor Uill Smit va rep ijrochi Jay-Z HBO telekanalining prodyuseri Aaron Kaplan bilan birgalikda Emmet Tillning hayoti asosida tarixiy mini-serial suratga oladilar, deb xabar bermoqda Variety nashri.

Emmet Till afroamerikalik o‘smir bo‘lib, 1955 yilda oq tanli qiz bilan yurgani uchun vahshiyona o‘ldirilgan.

Smit va Jay-Z serialning ijrochi prodyuserlari bo‘ladilar. Serialga hozircha nom berilmagan, seriyalarning umumiy davomiyligi 6 soatni tashkil qilishi taxmin qilinmoqda.

Top