12:17 / 26.07.2015
2571

Kamerundagi terakt qurbonlari soni 19 nafarni tashkil etdi

25 iyul kuni Kamerundagi Marua shahrida "Boko haram" tashkiloti a'zosi bo‘lgan terrorist o‘zini portlatishi natijasida halok bo‘lganlar soni 19 nafarni, jarohatlanganlar soni esa 62 nafarni tashkil etdi.

Reyter nashrida yozilishicha, jangari o‘zini shahardagi bar ichida portlatgan. Guvohlarning ma'lum qilishicha, portlash kuchi shu qadar yuqori bo‘lganki, uning to‘lqini shaharning turli qismlariga ta'sir ko‘rsatgan.

Qayd etilishicha, jangarilar Kamerunda faoliyatini kengaytirmoqda. 13 iyul kuni ham mamlakat shimolidagi Fotokol shahridagi barda terakt uyushtirishi natijasida o‘nlab kishilar halok bo‘lgandi.

Top