00:00 / 26.07.2015
2248

Tojikistonda yil boshidan beri 18 nafar “IShID” tarafdori hibsga olindi

Tojikiston huquq-tartibot muassasalari yil boshidan ekstremistik va terrorchilik guruhlarining 100 dan ortiq a'zolari sifatida, shu jumladan “IShID” terrorchilik tashkiloti tarafdori sifatida gumon qilinayotgan shaxslarni hibsga oldi. Bu haqda Tojikiston Ichki ishlar vaziri, militsiya general-leytenanti Ramazon Rahimzoda jurnalistlarga ma'lum qildi.

“Bizdagi ma'lumotlarga ko‘ra, respublikaning 520 dan ko‘proq fuqarosi, ularning aksariyatm yoshlarni tashkil qiladi, turli yo‘llar bilan Suriya va Iroqqa “IShID” safida jang qilgani ketishgan, ulardan 150 nafari o‘ldirilgan”, deb aytmoqda Rahimzoda.

Rahimzodaning aytishicha, tinch aholini terrorchilik tashkilotlariga yollash muammosini kuchishlatar yo‘llar bilan hal qilib bo‘lmaydi. “Aholi, ayniqsa yoshlar orasida profilaktik ishlar olib borish, ularga fuqarolik jamoatchiligi vakillari, avvalambor, dinshunoslar, imomlarni jalb qilish o‘ta muhimdir”, deb ta'kidlamoqda Tojikiston Ichki ishlar vaziri.

Top