20:54 / 26.07.2015
2262

Villash-Boash: Agar "Zenit"ning o‘yini yoqmasa, boshqa jamoaga muxlislik qilishingiz mumkin

"Zenit" jamoasi bosh murabbiyi Andre Villash-Boash 26 iyul kuni "Ural"ga qarshi o‘tkazilgan safardagi g‘alabali (4:1) o‘yindan keyin o‘tkazilgan matbuot anjumani vaqtida o‘zi jamoada o‘tgan mavsumda qo‘llagan o‘yin uslubini tanqid qilgan ayrim kishilarga javob yo‘lladi.

"Faqat ahmoq odamlargina yutuqlarga olib kelgan o‘yin uslubini tanqid qilishadi. Ular tanqid qilish uchun ahmoqona sabab axtarishadi. Xorij matbuoti tanqid qilsa, buni tushunishim mumkin, lekin o‘zimizdagilar tanqid qilishini tushunmayman. Bundaylarga o‘yinimiz yoqmasa, boshqa jamoaga muxlislik qilishni tavsiya qilaman.

Hozir aksar muxlislarimiz xursand. O‘tgan mavsumda chempion bo‘ldik. Hozir ham birinchi o‘rindamiz.
Ehtimol, tanqid qiluvchilar o‘zining futbolchilik faoliyati davrida gapirishga imkon berilmagan odamlardir va hozir gapirish imkoniga ega bo‘lib qolganlardir. Lekin ularning barchasi ahmoqlar", deydi murabbiy.

Top