23:16 / 26.07.2015
2102

Yatsenyuk Ukraina maktablarida chet tillariga e'tibor kuchaytirilishiga ko‘rsatma berdi

Ukraina bosh vaziri Arseniy Yatsenyuk o‘rta maktablarda chet tillari soatlarini ko‘paytirishga ko‘rsatma berdi. Bu haqda 112 Ukraina telekanali xabar bermoqda.
“10 minut s premerom” tok-shousi davomida Yatsenyuk bu borada bayonot berib o‘tdi.
“Dunyo o‘zgardi, bu dunyoda raqobatbardosh bo‘lish uchun sen ko‘p xorijiy tillarni bilishing kerak. Aynan shu tufayli men o‘rta maktablarda chet tillari soatlarini ko‘paytirishga ko‘rsatma berdim”, – dedi efir chog‘ida bosh vazir.
O‘z navbatida, Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko kadr zobitlariga bir yil ichida ingliz tilini o‘rganib chiqishni topshirgani ma'lum bo‘ldi.

Top