17:45 / 26.07.2015
2201

"Zenit" RPFLning ikkinchi turida "Ural"ni yirik hisobda mag‘lub etdi

26 iyul kuni Sankt-Peterburgning "Zenit" jamoasi Rossiya premer ligasi, 2 turi doirasida "Ural" jamoasi maydoniga safar uyushtirdi va 4:1 hisobidagi g‘alabaga erishdi.

O‘yinda jamoaga mavsum arafasida "Spartak"dan kelib qo‘shilgan Artyom Dzyuba 20 daqiqada hisobni ochdi va bu orqali piterliklar safidagi debyut golini urdi.

Mehmonlarning asosiy hujumchisi Xalk esa bu o‘yinda o‘z hisobiga 2ta gol yozib qo‘ydi. To‘rtinchi golga zaxiradan o‘yinga qo‘shilgan Danni mualliflik qildi. Mezbonlar esa Yeroxinning 67 daqiqada urilgan birgina goli bilan javob berishdi.

"Zenit" birinchi turda "Dinamo"ni mag‘lub etgandi. Bugungi g‘alabadan keyin Villash-Boash shogirdlari turnir jadvali peshqadamiga aylandi. Keyingi tur uchrashuvi, uyda "Terek"ka qarshi, 1 avgust kunida o‘tkaziladi.

RFPL. 2 tur.
«Ural»«Zenit» — 1:4
Gollar: Yeroxin, 67 — Dzyuba, 20; Xalk, 50 — pen, 70; Danni, 90+1.
Ogohlantirishlar: Yeroxin, 33; Fontanelo, 50 — Yusupov, 40.

Ural – Jyevnov, Fontanello, Martinovich, Xozin, Yeroxin, Sapeta, Lungu (Manucharyan, 70), Yemelyanov, Kulakov, Dorojkin (Stavpets, 63), Burmistrov.
Zenit – Lodygin, Netu, Lomberts, Garay, Krishito, Shatov (Ryazantsev, 77), Vittsel, Yusupov (Yevseyev, 90), Smolnikov, Xalk (Danni, 88), Dzyuba.

Top