12:32 / 27.07.2015
6561

Afg‘onistondagi to‘yda 20ga yaqin kishining o‘limiga sabab bo‘lgan otishma kelib chiqdi

Afg‘oniston shimolidagi Bog‘lon viloyatida, Qobul shahridan 160 km masofadagi Dehsalah qishlog‘ida o‘tayotgan to‘ylardan birida otishma sodir bo‘lib, 20 nafarga yaqin kishi halok bo‘ldi va 10ga yaqin mehmon tan jarohatlari oldi. Bu haqda mahalliy politsiyaga asoslanib, "Sinxua" agentligi xabar bergan.

Xabarda aytilishicha, yarim tunda to‘y marosimiga kelganlar bir-birlariga o‘q uza boshlashgan.

Mahalliy politsiya rahbari Guliston Xonning ma'lum qilishicha, qurbonlarning barchasi afg‘on erkaklari hisoblanadi.
Ayni vaqtda hodisa sabablarini aniqlash uchun tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Top