17:21 / 27.07.2015
14828

Amir Temur xiyoboni sevishganlar maskaniga aylangani tanqid ostiga olindi

"Hurriyat" gazetasida nashr etilgan maqolada o‘zbek qizlarining nikohsiz tug‘ish holatlari ortayotgani qayd etildi.

"Ayni vaqtda butun dunyo bo‘ylab har kuni 20 ming nafarga yaqin balog‘at yoshiga yetmagan qizlar ona bo‘lishadi. Afsuski bu holat o‘zbek qizlari orasida ham tez-tez uchramoqda", deb yoziladi maqolada.

"Har kuni Amir Temur xiyoboni bo‘ylab o‘tayotganimda atrofdagi o‘rindiqlarning barchasi sevishgan juftliklar tomonidan band etilganini ko‘raman. Ularning aksari 12-16 yoshlar oralig‘idagi maktab o‘quvchilari bo‘lishadi. Katta avlod bu holatga salbiy munosabatda qaraydi. Lekin yoshlar qatlami ularni o‘z holiga qo‘yish kerakligini, "Sevgi yosh tanlamasligi"ni aytishmoqda", deb o‘z afsuslarini qog‘ozga tushiradi maqola muallifi.

Muallif jamoatchilikni bunday "tarbiyasizlar"ga nisbatan qattiq turishga chaqirgan.

Top