15:38 / 27.07.2015
2408

Andijonda gaz tarmog‘i chilangari odamlardan noqonuniy ravishda 5 mln so‘m to‘plagani aniqlandi

“Vodiygazta'minot” UK Xo‘jaobod filialida chilangar vazifasida ishlagan Inomjon Teshayev vakolati bo‘lmagan holda tumanda yashovchi 27 nafar fuqarodan tabiiy gazdan qarzlari uchun pul to‘plagani ma'lum bo‘ldi. Bu haqda “Huquq” nashri yozmoqda.
Aytilishicha, u uzoq vaqt mobaynida o‘zini nazorat inspektori deb tanishtirib, odamlardan pul to‘plab kelgan. Saqlab qolingan kvitansiyalar asosida uning 5.302 mln so‘m pulni yeb yuborgani ma'lum bo‘ldi.

Top