11:59 / 27.07.2015
7377

Bog‘otda bir qator noqonuniy sexlar faoliyati fosh qilindi

Xorazm viloyati SVOJJDLQK departamentining Bog‘ot tuman bo‘limi tomonidan 2015 yilning o‘tgan davri mobaynida bir qancha moliyaviy jinoyatlar fosh qilindi. Bu haqda bo‘lim boshlig‘i Rashid Kamolov ma'lumot bermoqda.
Jumladan, tumandagi Madaniyat qishlog‘ida istiqomat qiluvchi G‘ayrat Rajabov uyning yordamchi xo‘jalik xonasida qo‘lbola moyjuvoz yordamida noqonuniy yog‘ ishlab chiqarayotgani ma'lum bo‘ldi. U yerdan 60 l paxta yog‘i va 803 kg kunjara topildi.
Bundan tashqari, Nayman qishlog‘ida yashovchi Rajab Qurbonboyev ham shunday faoliyat bilan shug‘ullanib kelayotgani aniqlandi. Uning noqonuniy sexidan 31 qopda 640 kg paxta chigiti, 350 l paxta yog‘i topildi.
Har ikkala voqea yuzasidan ham ish qo‘zg‘atilib, tegishli sud hukmi chiqarildi.

Top