18:14 / 27.07.2015
1583

Federer Malavida ta'lim muassasasi qurilishiga 13.5 mln dollar ajratdi

“Katta Dubulg‘a” turkumiga kiruvchi musobaqalarning 17 karra g‘olibi shveysariyalik tennis yulduzi Rojyer Federer o‘tgan hafta Malaviga tashrif buyurgan edi.

Tashrif chog‘ida Federer o‘ziga tegishli bo‘lgan xayriya jamg‘armasi hisobidan Malavida maktabgacha ta'lim muassasalari qurilishiga 13.5 million dollar ajratdi. Ma'lumotlarga ko‘ra, ushbu mablag‘ga 81ta ana shunday muassasa bunyod etiladi.

Top