21:23 / 27.07.2015
3200

Nursulton Nazarboyev Qozog‘istonning Jahon savdo tashkilotiga qo‘shilishi haqidagi bayonnomani imzoladi

27 iyulda Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev va Jahon savdo tashkiloti (JST) bosh direktori Roberto Azevedo JSTning Jyenevadagi bosh qarorgohida Qozog‘istonning JSTga qo‘shilishi bo‘yicha bayonnomani imzoladilar.

JST Bosh kengashi 27 iyulda o‘tgan yig‘ilishda Qozog‘istonning JSTga qo‘shilishi bo‘yicha hujjatlar paketini bir ovozdan tasdiqladi. Qozog‘iston barcha rasmiyatchilik amalga oshirilgandan keyin 2015 yilning oxirida rasman JSTning 162-a'zosiga aylanadi.

Bayonnoma imzolangandan keyin Azevedo Nazarboyevga muzokaralar jarayoni yakunlanganini bildiruvchi “Kazakhstan” yozuvi bo‘lgan tablichkani taqdim qildi. Qozog‘iston prezidenti ushbu voqeani tarixiy voqea deb aytdi.
O‘z navbatida JST bosh direktori Roberto Azevedo 27 iyulni “Qozog‘iston va JST uchun tarixiy kun” deb atadi.

Top