09:53 / 27.07.2015
4259

Oq uy Kurdiston ishchi partiyasini terrorchilik tashkiloti deb hisoblashini aytdi

AQSh hukumati Turkiyaning “IShID” terrorchilik tashkilotiga qarshi kurashini qo‘llab-quvvatlaydi, deb ma'lum qilmoqda Reuters axborot agentligi.

Shuningdek, Oq uy ma'muriyati Kurdiston ishchi partiyasini terrorchilik tashkiloti deb hisoblashini ham ta'kidlab o‘tdi. Agentlikning xabar berishicha, AQSh prezidenti Barak Obamaning Keniyaga tashrifi davomida Oq uy vakili Nayrobida bunday banoyot bilan chiqdi.

Kurdiston ishchi partiyasi jangarilarining ta'kidlashicha, Anqara bilan tinchlik sulhi Turkiya harbiy-havo kuchlari tomonidan partiya lageriga berilgan aviazarbalardan keyin o‘z mazmun-mohiyatini yo‘qotdi.

Avvalroq ma'lum qilinishicha, Turkiya hukumati AQSh harbiy-havo kuchlari va xalqaro koalitsiyaga o‘z aviabazalaridan “IShID”ga qarshi operatsiyalar o‘tkazish uchun foydalanishga ruxsat bergan edi. Turkiya Tashqi ishlar vazirligida ta'kidlanishicha, turk harbiy samolyotlari ham koalitsiyaning jangarilarga qarshi operatsiyalarida ishtirok etadi.

Top