17:58 / 27.07.2015
3902

Rossiya chegarasini buzib o‘tgan o‘zbekistonlik otliqlar jazolandi

Rossiya federatsiyasi va Qozog‘iston chegarasida shu yilning may oyida noqonuniy ravishda harakatlangani uchun qo‘lga olingan o‘zbekistonlik ikki nafar otliqqa jazo tayinlandi.

Xabar qilinishicha, Rossiya chegarasini ot orqali noqonuniy ravishda kesib o‘tmoqchi bo‘lgan 22 yoshli O‘zbekiston fuqarosi 1 yilu 2 oyga qattiq tartibda o‘tash uchun qamoqqa hukm qilingan. Uning hamrohi bo‘lgan 35 yoshli yana bir o‘zbekistonlikka esa 10 oylik qamoq jazosii tayinlangan.

Top