08:06 / 27.07.2015
4651

Turkiya harbiy samolyotlari Iroq kurdlarining bazalariga takroran hujum uyushtirdi

26 iyul kuni Turkiya Harbiy-havo kuchlariga tegishli F-16 qiruvchi harbiy samolyotlari Iroq shimolidagi kurdlarning harbiy bazalarini o‘qqa tutdi.

Aniqlik kiritilishicha, aviazarbalar Iroq shimolidagi Xarkuk bazasiga berilgan.

Biroz oldinroq, Turkiya bosh vaziri Ahmad Dovudoglu harbiy harakatlar mamlakat tinchligi to‘la ta'minlanmaguniga qadar davom ettirilishini ma'lum qilgandi.

25 iyul kuni ham turk samolyotlari Suriya va Iroqdagi jangarilarga havodan zarba berishi uchun yuborilgandi.

Top