18:15 / 27.07.2015
2284

Yangi MacBook Pro’da foydalanuvchi ma'lumotlari o‘chib ketishi holatlari aniqlandi

Apple kompaniyasi so‘nggi avlod noutbuki bo‘lgan MacBook Pro’ning SSD-xotirasida xatolik borligini ma'lum qildi.

Ushbu xatolik noutbukning qattiq diskidagi ma'lumotlarning o‘chib ketishiga olib keladi. Apple vakillari ushbu xatolik kam uchrashini ma'lum qilishdi. Biroq noutbuklarning nechi foizida bu kamchilik borligi haqida ma'lumot berishmadi.

Avvalroq, foydalanuvchilar ko‘p marotaba MacBook Pro’da nuqsonlar borligini aniqlagan edi.

Top