12:52 / 28.07.2015
2494

Neymar: Messidan emas, o‘zimdan ustun bo‘lmoqchiman

“Barselona” hujumchisi Neymar shaxsiy yutuqlar borasida o‘z oldiga jamoadoshi Lionel Messidan o‘zib ketish vazifasini qo‘ymayotganini ta'kidlab o‘tdi. Braziliya terma jamoasi futbolchisi uning o‘zining shaxsiy yo‘li borligini va u aynan shu yo‘lda umuvaffaqiyatlarga erishishni istayotganini ma'lum qildi.

“Mening Messidan o‘tib ketish niyatim yo‘q. O‘z yo‘limdan bormoqchiman va shu paytgacha qilgan ishimni qilmoqchiman. Unvonlarni qo‘lga kiritish va o‘z maqsadlarimga erishishga intilmoqdaman. Va boshqalardan ustunroq bo‘lishni xohlamayman. Mening vazifam faqatgina o‘zimdan ustun bo‘lishdan iborat”, deb aytmoqda Neymar.

Top