07:39 / 28.07.2015
2707

Patriarx Kirill Putin va Poroshenkoni urushni to‘xtatish uchun barcha narsani qilishga chaqirdi

Rusni cho‘qintirish kuni arafasida patriarx Kirill Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenkoga bir xil mazmundagi maktublar bilan yuzlandi. Patriarx maktublarda Ukraina sharqidagi vaziyatdan xavotirlanish bildirdi.

“Minskdagi tinchlik bo‘yicha kelishuvlarga erishish to‘qnashuvning avj olishini to‘xtatdi va jang qilayotgan tomonlar o‘rtasida urushning to‘liq to‘xtatilishiga umid bergan edi. Afsuski, harbiy harakatlar, avvalgidek katta miqyosda bo‘lmasa ham, hozirgi kungacha davom etmoqda. Ukrainada qon to‘kilmoqda, odamlar nobud bo‘lmoqda”, deb ta'kidlamoqda patriarx o‘z maktubida.

Patriarxning aytishicha, Rus cherkovi to‘qnashuvlarning ikki tomoniga ham qo‘lidan kelgancha birdek yordam ko‘rsatmoqda.

Shu bilan birga, Rus pravoslav cherkovi patriarxining ta'kidlashicha, tinch aholining xavfsizligini “jangovor harakatlarni to‘liq to‘xtatish, Minsk kelishuvlariga so‘zsiz amal qilish va mojaroning barcha tomonlari o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri suhbatni yo‘lga qo‘yish bilan” ta'minlash mumkin.

Top