08:13 / 28.07.2015
3236

Putin Blatterni Nobel mukofotiga loyiq deb hisoblamoqda

Rossiya prezidenti Vladimir Putin FIFA prezidenti Yozef Blatter Nobel mukofotiga loyiq degan fikrni bildirdi.

“Men Blatter kabi insonlar yoki yirik xalqaro sport federatsiyalari va Olimpiya o‘yinlari rahbarlari alohida e'tirofga munosiblar deb hisoblayman. Agar kimdir Nobel mukofotiga loyiq bo‘lsa ham, bular aynan shu insonlardir”, deb aytdi Putin.

Putin va Blatter 25 iyulda Sankt-Peterburgda uchrashdi. Uchrashuv chog‘ida Rossiya prezidenti 2018 yilgi Jahon chempionati ulkan sport bayramiga aylanishi uchun barcha imkoniyatlarni ishga solishga va'da berdi. Blatter bunga javoban Putinni 2018 yilgi Jahon chempionati aynan Rossiyada o‘tkazilishiga ishontirdi.

Top