09:39 / 28.07.2015
6259

Putin qurollanish poygasidagi faollashish AQSh sababli yuz berayotganini aytdi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Shveytsariyaning RTS telekanaliga bergan intervyusida qurollanish poygasidagi faollashish AQSh sababli yuz berayotganini ta'kidlab o‘tdi.

“Qurollanish poygasidagi faollashish AQSh bir tomonlama tartibda Raketalarga qarshi mudofaa shartnomasidan chiqib ketgandan keyin boshlandi. Chunki bu shartnoma xalqaro xavfsizlik tizimining asosi edi. AQSh undan chiqib ketib, o‘zining strategik mudofaa global tizimi doirasida raketalarga qarshi mudofaasini yaratishni boshlaganida, biz kuchlarning strategik muvozanatini saqlab qolish uchun darhol bunga javob qadamlari qabul qilishga majburligimizni aytgan edik”, deb aytdi Putin.

Avvalroq Putin Sankt-Peterburg iqtisodiy anjumanida AQShning Raketalarga qarshi mudofaa shartnomasidan chiqishi yangi “sovuq urushga” olib kelishi mumkinligini aytgan edi.

Top