16:58 / 28.07.2015
5325

Qirg‘izistonlik Umar ismli xonanda qalloblik uchun qo‘lga olindi

Qirg‘izistonda Umar taxallusi bilan ijod qiluvchi xonanda O‘murbek Jangishev Talas shahridagi stadionda bergan konsertidan so‘ng hibsga olindi. TASS agentligining mahalliy IIBga tayangan holda ma'lumot berishicha, Jangishev qalloblikda ayblanmoqda.
27 yoshli qo‘shiqchi Nurjon To‘qtagulov bilan birgalikda o‘tgan yili Talas viloyati fermerlaridan 20 ming dollarlik loviya olishgan, ammo shu paytgacha pulni ham, mahsulotni ham qaytarishmagan. Shu bois aldangan dehqonlar ularning ustidan shikoyat qilishgan. Xonandaning sherigi bir necha kun muqaddam qo‘lga olingan edi, sud uni qamash haqida sanksiya berib bo‘ldi.
Xonandaning menejyeri Mirgul Esenaliyevaning ta'kidlashicha, Umarning o‘zi To‘qtagulovning qurboniga aylangan.

Top