14:51 / 28.07.2015
6559

Qrimdagi hayvonot bog‘ida urg‘ochi sherlar timsohni yeb qo‘ydi

Qrimning Belogor tumanidagi "Taygan" nomli hayvonot bog‘ida uchta urg‘ochi sher tashrifchilar ko‘z o‘ngida timsohga hujum qilib, uni yeb qo‘yishdi. Bu haqda "Krym.Realii" xabar bergan.

Guvohlarning aytishicha, sherlar bilan bir hududdagi hovuzda yashaydigan timsohlardan biri hovuzdan chiqqanida, unga bir nechta sher hamla qilgan. Ular tezda timsohdan nom-nishon qoldirishmagan.

Hayvonot bog‘i direktori Oleg Zubkov bu ma'lumotni tasdiqlagan.
"Ha, rostdan ham shunday bo‘ldi. Bu afsuslanarli voqea. Qolaversa, timsohning narxi 3 ming dollar edi", deydi u.

Zubkovning qo‘shimcha qilishicha, ushbu safari-bog‘i "Afrika savanasi"ni eslatadi va odamlar bu yerda o‘ta ehtiyot bo‘lishlari kerak.

Top