11:26 / 28.07.2015
2438

Roxo “MYu" bilan AQSh turnesiga bormagani uchun jarima to‘laydi

"Manchester Yunayted" himoyachisi Markos Roxo jamoasi bilan AQSh turnesiga bormagani uchun jarima to‘laydi. Bu haqida Daily Mail nashri xabar tarqatdi.

Amerika Kubogidagi ishtirok tufayli argentinalik futbolchiga qo‘shimcha ta'til berilgan va u shanba kuni “qizil iblislar” bilan AQShga uchib ketishi kerak edi. Ammo Roxo pasportidagi muammolar sabab samolyotga chiqarilmagan.

Unga qo‘llaniladigan jarima miqdori 140 ming funtni tashkil qiladi.

Top