01:04 / 28.07.2015
7803

Toshkentdagi Mirzo Ulug‘bek shohko‘chasida “tozalash ishlari” o‘tkazildi

25 iyul kuni Toshkentning Mirzo Ulug‘bek va Mustaqillik shohko‘chalari kesishgan chorrahada “Buyuk ipak yo‘li” metrosi yonidagi uylarga tutash va sobiq “Svetlana” gastronomi o‘rnida qurilgan do‘konlar va boshqa obektlar, jumladan kechalari mahalliy aholi kelib, salqinidan xushnud bo‘ladigan favvora ham olib tashlandi. Favvoralar va do‘konlar o‘rniga nima qurilishi hanuzgacha noma'lum.

“Aytgandimku, senga hech narsani olib chiqish kerak emas edi!” deb aytmoqda “Buyuk ipak yo‘li” metrosidagi do‘konlardan birining xodimi sherigiga.

Kechasi sobiq “Svetlana” gastronomi o‘rnidagi do‘konlar egalari o‘zlari egallab turgan joylarni zudlik bilan bo‘shatish haqida hokimiyatning buyrug‘ini oldilar.

Kechasi bilan do‘kondagi oziq-ovqat mahsulotlari va qurilmalar do‘kondan olib chiqildi, viveskalar olib tashlandi va ertalab hamma narsa joyida qolishi ma'lum qilindi. Biroq endi ishonch qolmadi.

“Ehtimol kimdir tozalash ishlari o‘tkazishga buyruq bergan bo‘lsa kerak, biroq uni noto‘g‘ri tushunishgan” deb aytmoqda tadbirkorlardan biri.

“Hammani yig‘ib, vaziyatni tushuntirishsa bo‘lardi, hammamiz odammiz, tushungan bo‘lardik”, deb aytmoqda yana boshqa bir tadbirkor.

“Shok terapiyasi”, demoqda boshqa bir tadbirkor ayol.

Kechga yaqin “Buyuk ipak yo‘li” va “Rassomlar” bekatlariga (jami 4ta bekat – Mirzo Ulug‘bek shohko‘chasining har bir tomonidan ikkitadan bekat) barcha shahar kommunal xizmatlari texnikasi olib kelindi.

Keyingi kun ertalabdan (kechasi odamlarni tashvishlantirishni istashmagan ko‘rinadi) g‘ishtli bekatlarni buzish boshlandi va 9:00 ga kelib ular o‘rnida bir uyum qurilish chiqindisigina qoldi.

Ushbu bekatlardan o‘tadigan avtobuslarda bu bekatlar yopilgani va yo‘lovchilarga “Kimyo instituti” va “Politologiya instituti”da chiqish tavsiya qilingan e'lonlar joylashtirildi.

Shohko‘cha bo‘ylab joylashgan turar-joy binolarining birinchi qavatlaridagi do‘konlar egalariga viveskalarni olib tashlash, “Svetlana”ga tutashgan do‘konlar egalariga esa chiqib ketish buyurilgan.

Faqatgina bank filiallariga tegilmagan. Tadbikorlarning aytishicha, bu yerda faqatgina ofislarni qoldirishga qaror qilingan.

“Shok, haqiqiy shok”, deb aytmoqda bu yerda 10 yildan ortiq ishlagan do‘konlardan birining egasi. U buyog‘iga nima qilishga boshi qotgan. Tovon puli to‘lash haqidagi savolga istehzoli kulib qo‘ydi.

“Obodonlashtirish ishlari bilan shug‘ullanmoqdamiz, hududni tartibga keltirmoqdamiz”, deb aytdi vaziyatni kuzatayotgan, ko‘rinishicha shahar yoki tuman ma'muriyati xodimlaridan biri bo‘lgan kishi.
Do‘konlar bo‘ladimi-yo‘qmi faqatgina shahar hokimiyatidagilarga ayon, biroq u yerda o‘z rejalari bilan aholi va tadbirkorlar bilan ochiqchasiga bo‘lishish odat qilinmagan.

Top