20:38 / 28.07.2015
4099

Volkswagen kompaniyasi dunyoning eng yirik avtomobilsozlik kompaniyasi Toyota’dan o‘zib ketdi

Yaponiyaning eng yirik avtokonserni Toyota o‘tgan payshanba, 23 iyul kuni yanvar-iyun oylarida 5,02 mln ta avtomobil sotganini e'lon qildi. Bu o‘tgan yilgi ko‘rsatkichdan 1,5 foiz kamroqni tashkil qildi. Bu orada Volkswagen kompaniyasi 5,4 mln ta avtomobil sotgan. Olti oy natijasiga ko‘ra savdolarga rivojlanayotgan bozorlardagi sekinlashish va Yaponiyada mini-karlarga soliqning oshganligi ta'sir qilgan.

Germaniyaning Volkswagen konserni Martin Vinterkorn boshchiligidagi 8 yil ichida yangi brendlar va zavodlar ham Xitoydagi kuchli o‘sish hisobiga o‘z faoliyati miqyoslarini kengaytirdi.

VWga kiruvchi guruh, shu jumladan Audi va Porsche premial markalari avtomobillarining sotilishi shu davr mobaynida 2 martadan ko‘proqqa oshdi va o‘tgan yili 10 mln donadan oshib ketdi. Shu bilan birga daromad 3 marotaba, ya'ni 12,7 mlrd yevrogacha oshib ketdi.

“VW asosiy avtobozorlar pasayishni boshidan o‘tkazayotgan hozirgi murakkab paytda sotilgan avtomobillar miqdori bo‘yicha yetakchilikni qo‘lga kiritdi. Kompaniya agar yuqori pog‘onani saqlab qolishni istasa, Xitoydagi pasayish sharoitida bardosh berishiga to‘g‘ri keladi”, deb aytmoqda Center of Automotive Management tahliliy markazi rahbari Shtefan Brattsel.

Top