07:53 / 28.07.2015
4719

Xitoylik sportchi Qozondagi Jahon chempionati oltin medalida nuqson borligini aniqladi

Suvga tramplindan sakrash bo‘yicha xitoylik sportchi Sii Se 2015 yilda Qozonda o‘tkazilgan suv sport turlari bo‘yicha jahon chempionatida olgan oltin medalining sifatsiz ekanligidan shikoyat qildi.

Sportchi medalning orqa tomonida tasvirlangan bo‘rtib chiqqan jahon xaritasining to‘g‘riligiga shubha bildirdi. Xususan, unga xaritada Xitoyning tasvirlangan o‘rni yoqmadi. Se musobaqalar tashkilotchilaridan o‘zining medalini boshqasiga almashtirib berishni so‘radi.

Musobaqalar tashkiliy qo‘mitasida sportchiga o‘zining medalini AQShlik Mayk Xiksonning bronza medali bilan solishtirishni taklif qildi. Xitoylik hech qanday farqlarni aniqlamadi, biroq uning oltin medali almashtirib berildi.

Qozondagi jahon chempionatida berilgan medallar “Suv chuqurligi” uslubida bajarilgan. Bu g‘oya mualliflari o‘z oldilariga suyuqlik effektini berish vazifasini qo‘ygan edilar. Medalning bir tomonida chempionat ramzi, ikkinchi tomonida esa jahon xaritasi tasvirlan va Suzish sporti bo‘yicha xalqaro federatsiyaning ingliz tilidagi qisqartmasi – FINA yozilgan.

Top