01:46 / 29.07.2015
2050

“Bunyodkor”ning sobiq bosh murabbiyi Ziko FIFA prezidenti lavozimiga o‘z nomzodini qo‘yishga ariza berdi

“Bunyodkor”ning sobiq bosh murabbiyi Ziko Braziliya futbol konfederatsiyasiga uning nomzodini FIFA prezidenti lavozimiga qo‘yish iltimosi bilan ariza topshirganini ma'lum qildi.

“Men Braziliya futbol konfederatsiyasi prezidenti Marko Polo del Neruga maktub yo‘lladim va unda o‘zimning dasturim haqida ma'lumot berdim. Endi u bunga rozi bo‘ladimi-yo‘q, kutmoqdaman”, deb aytdi Ziko.

FIFA prezidenti lavozimiga saylovlar 2016 yilning 26 fevralida bo‘lib o‘tadi.

Top