11:36 / 29.07.2015
2517

Afg‘onistonda O‘zbekistonning iqtisodiy va investitsion salohiyatiga bag‘ishlangan taqdimot o‘tkazildi

Afg‘onistondagi O‘zbekiston elchixonasida mamlakatning iqtisodiy va investitsion salohiyatiga bag‘ishlangan taqdimot o‘tkazildi. Unda Afg‘onistonning rasmiy va tijoriy doiralari vakillari ishtirok etdi.
Ishtirokchilar O‘zbekistonning iqtisodiy salohiyati va kelajakdagi istiqbollari bilan batafsil tanishtirib chiqildi. Ayniqsa “O‘zinterimpeks”, “O‘zsanoatmashimpeks” va “O‘zmarkazimpeks” korxonalarining faoliyatiga alohida urg‘u berildi. Ushbu korxonalarning mahsulotlarini Afg‘onistonga eksport qilish masalasi ko‘rib chiqildi.
Tadbir yakunida taraqqiyotning o‘zbek modeliga bag‘ishlangan hujjatli film namoyish etildi.
Afg‘oniston Savdo-sanoat palatasi raisi Atiqulloh Nusrat “Jahon” axborot agentligiga bergan intervyusida O‘zbekiston Afg‘oniston tovarlari uchun istiqbolli bozor hisoblanishini ta'kidlab o‘tdi. Jumladan, o‘zbekistonlik mutaxassislar tomonidan qurilgan Hayraton-Mozori Sharif temir yo‘l liniyasi Afg‘onistonning iqtisodiy taraqqiyotida muhim rol o‘ynashi alohida qayd qilib o‘tildi.

Top