12:55 / 29.07.2015
3211

Amerikalik jarrohlar birinchi marta bolaning qo‘l panjasini ko‘chirib o‘tkazish amaliyotini o‘tkazdi

AQShning Filadelfiya shtati jarrohlari birinchi marta 8 yoshli Zion Xarvi ismli bolaning qo‘l panjasini ko‘chirib o‘tkazish amaliyotini o‘tkazdi. NBC News telekanalining xabar berishicha, uning panjasi bolaligida kesib tashlangan edi.
Amaliyotda 40 nafar jarroh ishtirok etdi. Guruhga doktor L. Skott Levin boshchilik qildi. Mutaxassisning so‘zlariga qaraganda, 2011 yili katta yoshdagi odamda o‘tkazilgan shu turdagi amaliyot navbatdagi tajriba uchun zamin vazifasini o‘tab bergan.
Levinning qo‘shimcha qilishicha, bolalar suyagining nozikligi amaliyot chog‘ida qo‘shimcha qiyinchiliklar tug‘dirdi.
Xarvi ikki yoshida hayot uchun xavfli infeksiyaga uchragani bois qo‘l va oyoqlaridan mahrum bo‘lgan edi. Ammo bolakay umidini uzmagan. U o‘zida o‘tkazilgan jarrohlik amaliyotini “orzularning ushalishi” deb baholadi.

Top