16:40 / 29.07.2015
7464

Chust do‘ppilari xorijga eksport qilinmoqda

O‘zbek do‘ppilari xorijlik sayyohlar qiziqishiga sabab bo‘lib kelmoqda va endilikda ular eksport qilinmoqda, deb yozadi «Biznes Deyli» nashri.

«Hunarmand» xalq ustalari uyushmasining Namangan viloyat bo‘limi boshlig‘i Ikromjon Karimov uyushmaning yaratilgan yangi internet saytida bu haqida ma'lumot berib o‘tgan. Uning fikricha, hozirda MDH va uzoq xorij mamlakati sayyohlari o‘zbek ustalarining ijod mahsuliga katta qiziqish bilan qarab kelishmoqda.

Yaratilgan yangi saytda hunarmandlar o‘z mahsulotlarini reklama qilishi, sotishi uchun imkoniyatlar yaratilgan. Endilikda hunarmandlar bu sayt orqali do‘ppilarini xorijliklarga eksport qilish imkoniyatiga ham ega bo‘lishadi.

Top